Yangiliklar

NUQSONLI TELEFONNING PULI QAYTARILDI

Oltinsoy tumani Oqoltin qishlog‘i “Karsagan” maxallasida yashovchi fuqaro Xo‘janazarova Shaxnoza Denov shahar “Amir xolding” savdo majmuasida joylashgan do‘kondan “SAMSUNG” rusumli telefonni 1.880.000 so‘mga xarid qilgan. Ushbu telefon bir kun ishlatilgach yuzida nuqson paydo bo‘lgan. Shu sababli fuqaro Xo‘janazarova Shaxnoza do‘kon sotuvchisiga borib holatni tushuntirib, xarid qilgan telefonini pulini yoki boshqasiga almashtirib berishini so‘ragan, biroq sotuvchidan rad javobini olgan. Bu xolatdan norozi bo‘lgan fuqaro Xo‘janazarova Shoxista Denov tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan murojaatchi ishtirokida o‘rganib, do‘kon sotuvchisiga qonunda belgilangan tartibda tushuntirishlar berildi. Iste’molchi Xo‘janazarova Shoxistaning o‘z xohishiga ko‘ra sotib olgan “SAMSUNG” rusumli telefonini 1.880.000 so‘m puli qaytarib olib berildi.