NUQSONLI TOVAR ALMASHTIRILDI

Farg`ona viloyati, O`zbekiston tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumandagi Karimdevona qishlog`ida yashovchi fuqaro D.Nishonova murojaat qildi. Murojaatda bildirilishicha, iste’molchi Qo`qon shahrida joylashgan savdo do`konlarining biridan ekran o`lchami 32 dyumli “Samsung” televizorini sotib olgani, televizor nuqsonli chiqqanligi bayon qilinib, nuqsonli televizorni sotuvchidan maqbul sifatlisiga almashtirib olishda yordam ko`rsatish so`ralgan. Tuman jamiyati xodimlari iste’molchining murojaatini Qo`qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati bilan hamkorlikda o`rganib chiqdilar. O`rganish ishlari jarayonida sotuvchiga O`zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi qonuni talablari, xususan, qonunning 13- va 14-moddalari, ya’ni, iste’molchiga nuqsonli tovar sotilganda uning huquqlari nimalardan iboratligi, nuqsonli tovarni almashtirib berish tartibi bo`yicha tushuntirishlar berildi. Natijada sotuvchi iste’molchining nuqsonli televizorini xuddi shunday markali televizorga almashtirib berdi.