Yangiliklar

NUQSONLI TOVAR UChUN TO‘LANGAN PUL QAYTARILDI

Farg‘ona viloyati Yaypan shahrida yashovchi N.X. Qo‘qon shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkor Yo.Tojimatovga qarashli qurilish mollari do‘konidan jami 350 dona, umumiy narxi 11 185 000 so‘mga shifer sotib oladi.

Lekin shiferni uyga keltirib, xonadoni tomiga o‘rnatish vaqtida qurilish materialining sifatsizligi ma’lum bo‘ladi. Sababi o‘rnatish jarayonida shifer o‘z-o‘zidan yorila boshlagan. Hafsalasi pir bo‘lgan xonadon sohibi sotuvchiga uchrashib, e’tirozlarini bildiradi. Lekin sotuvchi turli xil bahonalar bilan iste’molchining qonuniy talablarini bajarmaydi. Shundan so‘ng iste’molchi O‘zbekiston tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma ravishda murojaat qiladi.

Iste’molchi murojaatini o‘rganish jarayonida tuman jamiyati utaxassislari “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni tegishli moddalari bo‘yicha tushuntirish berildi, iste’molchi tomonidan nuqsonli tovar uchun to‘langan pul mablag‘ini to‘lig‘icha unga qaytarilib, iste’molchining 11 mln so‘mdan ortiqroq moddiy zarar ko‘rishini oldi olindi.