NURONIYLAR DUOSINI OLISH — KATTA SHARAF!

9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tayotgan tadbirlar Namangan viloyati Pop tumanida ham ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilmoqda. Pop tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tuman hokimi Azamjon Sultonov boshchiligida va boshqa ma’sullar ishtirokida Pop tuman xududlarida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining xonadonlarida bo‘lib, ularning holidan xabar oldilar.

Otaxonalarga Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning tabriklari o‘qib eshittirildi va hokimlik hamda tuman jamiyatining esdalik sovg‘alari topshirildi. Tashrifdan mamnun bo‘lgan urush faxriylari yurtimizda hech qachon urush bo‘lmasligini, tinchlik-omonlik bo‘lishini tilab uzundan uzoq duolar qilib qoldilar.