“OBOD XONADON – YURT KO`RKI” LOYIHASI DAVOM ETMOQDA

O`zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov “Obod xonadon – yurt ko`rki” loyihasi doirasida Karmana tumani, “Toshrabot” mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj Abduvahob Hoshimov xonadonida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Avval xabar berilganidek, Federatsiyaning Navoiy viloyat hududiy birlashmasi tomonidan Abduvahob Hoshimov xonadonida kapital qurilish va ta’mirlash ishlari boshlangan. Ayni damda ushbu xonadonning tom kismi shifer qilinib, eshik va derazalarga rom qo`yish ishlari to`liq yakunlandi. Bugun ustalar xonadonning devorlarini suvoqlash ishlarini boshlab yubordi.