“OBOD XONADON – YURT KO`RKI”

O`zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Buxoro viloyat birlashmasi va Romitan tuman jamiyati xodimlari tashabbusi bilan “Obod xonadon – yurt ko`rki” loyihasi bo`yicha ilk qadam tashlandi. Romitan tuman “Chandir” mahalla fuqarolar yig`ini Hasanobod qishlog`ida yashovchi fuqaro Umid Tohirovning uyida loyiha bo`yicha qurilish-ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi.