Yangiliklar

OLOTDA “ISTE’MOLCHI KUTUBXONASI” TASHKIL ETILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentabrdagi PQ-3271-sonli “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori asosida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan hududlarda “Iste’molchi kutubxonasi” tashkil etiladi.   

Loyiha doirasida tashkil etilayotgan kutubxona va kitob savdosi do‘konlarida, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va iste’molchilik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar, siyosiy-iqtisodiy qo‘llanmalar, ma’rifiy, badiiy, ilmiy ommabop kitoblar, shuningdek, zamonaviy “Book cafe”  va bepul WiFi tizimi hamda internet orqali zarur adabiyotlarni topish va harid qilish imkonini beruvchi “eReader” elektron o‘quv qurilmalari bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan.

Ushbu hayrli tashabbusning Olot tumani hokimligi tomonidan qo‘llab quvvatlanishi natijasida Federatsiya tomonidan tuman markazida dastlabki “Iste’molchi kutubxonasi”ning qurilish ishlari boshlandi.