OMONATGA QO`YILGAN PUL

Karmana tumani Zarafshon Ko`chasida yashovchi fuqaro Hilola Botirovaning O`zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Navoiy viloyat hududiy birlashmasiga qilgan murojaati Navoiy shahar jamiyati xodimlari tomonidan o`rganib chiqildi.

Fuqaro murojaatida qayd etishicha Navoiy shahridagi “Mikrokredit” bankka 3 oy muddatga 17 million so`m omonat qo`ygan, omonat muddati tugagandan so`ng 5 million so`mni bank xodimlari turli bahonalar bilan qaytarib berishmayotganidan norozi bo`lib, ushbu masalada amaliy yordam berishni so`ragan.

Mazkur murojaat yuzasidan bank xodimlariga murojaat qilindi va shartnoma muddati tugagan kunning o`zida omonatchiga qolgan puli va unga qo`shib hisoblangan foizlari bilan birgalikda qaytarilishi omonatchi va bank o`rtasida imzolangan shartnoma belgilangani mas’ul xodimlarga tushuntirib o`tildi va yakunida fuqaro H.Botirovaga 5 000 000 so`m miqdoridagi omonati bankdan olib berildi.