Yangiliklar

“OROL BO‘YINI OBOD ETAYLIK” LOYIHASIGA START BERILDI

Prezidentimizning 2019-yil uchun mo‘ljallangan ustuvor vazifalari haqida Oliy Majlisga Murojaatnomasida ekoxavfsizlik, atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan foydalanish borasida belgilab berilgan vazifalarni bajarishda davlat tashkilotlari bilan bir qatorda jamoat tashkilotlari va fuqoralik institutlarining ham faol ishtirokini ta’minlash kerakligi nazarda tutilgan edi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan “Orol bo‘yini obod etaylik” loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha doirasida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hamkorligi va amaliy ko‘magida Orol dengizining suvsiz qolgan 5 ming gektarlik hududida yashil o‘rmonlar tashkil etish, amalga oshiriladigan tadbirlar davomida aholini mavsumiy ish bilan ta’minlash asosiy maqsad qilib belgilangan loyihaga start berildi. Bugun loyihani amalga oshirish jarayonida federatsiya tizim xodimlari tomonidan federatsiya uchun ajratilgan hududda saksovul urug‘ini yerga qadash ishlari qizg‘in olib borildi. Shuningdek, federatsiya tomonidan O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi ishchi xodimlariga mavsumiy ishlarda yashash uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy ko‘chma turar joy taqdim etildi.