O`ZARO HAMKORLIK SAMARALARI!

Bugun, 2018-yil 6-iyun kuni Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi F.Ermanov hamda O`zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqovning uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Federatsiya raisi va viloyat hokimi federatsiya tomonidan o`tkazilayotgan “Obod xonadon – yurt ko`rki” loyihasi hamda “Ijtimoiy ko`mak” aksiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida ushbu yo`nalishlarda qilinishi zarur bo`lgan rejalar xususida, shuningdek, aholining muammolarini o`rganish va ularni tizimli xal etishning samarali mexanizmlarini hayotga tadbiq etish, davlat va nodavlat tashkilotlar o`rtasida o`zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish borasida fikr almashishdi.

Viloyat hokimi F.Ermanov aholining iste’mol madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni, fuqarolarning farovon hayot kechirishi, ularning bugunidan rozi bo`lib, ertangi kunga bo`lgan ishonchining ortishi uchun federatsiya tomonidan amalga oshirilayotgan tashabbuslarni doimo qo`llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.