O‘ZBЕKISTON MILLIY TЕLЕRADIOKOMPANIYASI RAISI BILAN UCHRASHUV

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi A.Xadjayev hamda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda aholining iste’mol madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirishda targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish, tashkilotlar o‘rtasida doimiy ravishda ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yishga doir masalalar muhokama etildi.