Yangiliklar

Puli to’langan, ammo mahsulotdan darak yo’q

Navoiy viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Karmana tuman jamiyatiga 2019 yil 18 aprelda Navbahor tumani “Qorovultepa” MFY Nurafshon ko‘chasi 35-uyda yashovchi fuqaro Anvar Jo‘raev og‘zaki murojaat qilgan. U o’z murojaatida 2018 yil avgust oyida “RIVER GRAND” korxonasiga bug‘doy yormasi olish uchun 7 900 000 so‘m ko‘chirgan. Ammo iste’molchi mahsulotni ololmagan, bu bo’yicha korxonaga murojaat qilganida, fuqoraning murojaatini e’tiborsiz qoldirishgan.

Murojaat tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi va sotuvchiga “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi” O’zbekiston Respublikasi qonunining tegishli moddalari bo’yicha tushunchalar berilgandan so‘ng, fuqaroga mahsulot shu kunning o‘zida olib berildi.