QADRI BALAND QARIYALAR!

Buxoro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari birlashmasi va Shofirkon tuman jamiyati mas’ullari birgalikda 94 yoshni qarshilagan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Dehqon ota Sultonovning xonadoniga borib, otaxonning holidan xabar olishdi. Dehqon otaning uyida 9-may — Xotira va qadrlash kunini nishonlashga alohida tayyorgarlik ko‘rilgani borganlarda katta taassurot qoldirdi. Mas’ullarning tashrifidan otaxon juda mamnun bo‘ldi. Otaxon urush qatnashchilariga ko‘rsatilayotgan e’tibordan minnatdor ekanligini aytib, ko‘pdan-ko‘p uchun duolar qildi. 7 farzand, 24 nabira 40 evaraning duoguyi bo‘lgan Dehqon otaga bayram sovg‘alari topshirildi.