QARZDORLIKKA ANIQLIK KIRITILDI

To‘rtko‘l tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilishjamiyatiga To‘rtko‘l shahri “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘ini Furqat ko‘chasi 31-uyda yashovchi fuqaro Dilshod Qurbonboyev yozma ariza bilan murojaat qildi. Unga ko‘ra iste’molchining xonadoniga To‘rtko‘l tuman Suv tarmoqlari korxonasi tomonidan 1 000 000 so‘mdan ziyod qarzdorlik qayd qilingan.

Fuqaro Dilshod Qurbonboyevning murojaati jamiyat xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. To‘rtko‘l tuman suv tarmoqlari korxonasi bilan amalga oshirilgan to‘lovlar qayta hisob-kitob qilingach iste’molchining aslida qarzi 332 000 so‘m ekanligi ma’lum bo‘ldi. Natijada iste’molchi 668 000 so‘m norel qazrdorlik yozilgani ma’lum bo‘ldi va bu pullar uning foydasiga xal qilindi.