“QARZINGIZNI TO`LANG!”

Xo`jayli tumanida yashovchi fuqaro U.Tileumurotov xonadoniga tuman gaz ta’minoti filialidan 1 501 705 so`m qarzdor ekanligi va buni tez orada to`lashi lozimligi haqida ogohlantirish xati keldi.

Fuqaro gaz korxonasi filialiga borib vaziyatga oydinlik kirita olmagach, Xo`jayli tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.

Jamiyat xodimlari tomonidan murojaat o`rganilib, shu kungacha amalga oshirilgan to`lovlar qayta hisob-kitob qilindi. Natijada iste’molchining aslida 279 144 so`m qarzi borligi aniqlandi. Shu bois, fuqaro U.Tileumurotovga asossiz yozilgan 1 million 222 ming 561 so`m qarzdorlik bekor qilindi.