QAYSAR SOTUVCHIGA QONUNIY TUSHUNTIRISH BЕRILDI.

Jizzax shahri, “Yoshlik” mahallasida yashovchi fuqaro M.Xolmamatov Jizzax shahrida joylashgan dorixonadan 610 000 so‘mga dori purkagich uskunasini sotib oladi. Uyga kelib undan foydalanganida purkagichning nosozligi ma’lum bo‘ladi. Iste’molchi uskunanini qaytarib olib borib, sotuvchidan almashtirib berishini so‘raganda, sotuvchi esa xaridorga tovarni qaytarib ham, almashtirib ham bermasligini aytadi. Ilojsiz qolgan iste’molchi M.Xolmamatov Jizzax shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.

Murojaat yuzasidan jamiyat mutaxassislari o‘rganish olib bordi va chindan ham purkagichning nosoz ekani aniqlandi. Jamiyat xodimlari dorixona sotuvchisiga qonuniy tushuntirishlar berdi va iste’molchining tovar uchun to‘lagan puli o‘ziga qaytarildi.