Yangiliklar

QOLDIRILGAN PARVOZ CHIPTASI PULI QAYTARILDIMI?

Oltiariq tuman Oqbo‘yra qishlog‘ida yashovchi ushbu fuqaro Bag‘dod tumani markazidagi aviakassadan 1 340 000 (bir million uch yuz qirq ming) so‘mga “Toshkent – Moskva (Vnukovo)” aviareysiga chipta sotib olgan, lekin sog‘ligi yomonlashganligi tufayli shifokor xulosasi bilan unga uchish man qilingach, aviakassa xodimlariga uchrashib, chiptani qaytarib topshirishini va pulini qaytarib berishlarini so‘rab tegishli hujjatlarni ham taqdim etgan. Biroq aviakassa xodimlari chipta pulini qaytarishdan bosh tortgan.

Murojaat tegishli tartibda o‘rganib chiqish uchun Bag‘dod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga kiritilgandan so‘ng, tuman jamiyati mutaxassislari murojaatchi ishtirokida unda ko‘rsatilgan vajlarni o‘rganib chiqdi.

Aviakassa xodimlariga amaldagi qonunlar va me’yoriy huquqiy hujjatlar talablari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. Natijada iste’molchining pul mablag‘lari to‘liq qaytarilishiga va buzilgan huquqlarini tiklanishiga erishildi.