QONUN BARCHAGA BAROBAR

Uchquduq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning Xalqlar do`stligi ko`chasida yashovchi fuqaro Y.Abdurahmonov murojaat qildi. Iste’molchi o`z murojaatida Zarafshon shahar “Dehqon bozori” hududida joylashgan do`konlarning biridan 1 500 000 so`mga sotib olgan televizori nosoz chiqqanini, do`konga borib televizorni sotib olayotganda berilgan uch yillik kafolat

muddatiga ko`ra mahsulotni almashtirishni yoki ta’mirlashda yordam berishni iltimos qilgani, ammo do`kon sotuvchisi uning taklifini rad etganini bayon etgan.

Ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida Zarafshon shahar jamiyati mutaxassislari o`rganish olib bordi va iste’molchining noroziligi asosli ekanligi aniqlandi.

Shahar jamiyati xodimlari do`kon sotuvchisiga O`zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi qonuni va Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini tasdiqlash tўg`risida”gi qarori asosida tushuntirish ishlarini olib borishdi. Natijada sotuvchi o`z ixtiyori bilan nosoz chiqqan televizorni yangisiga almashtirib berdi.