QONUN TALABLARI BUZILMASIN

Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi Gulshoda Erkinova huquqlari himoya qilinishini so‘rab Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Samarqand shahar jamiyatiga murojaat qildi.

Uning murojaatida keltirilishicha, fuqaro Erkinova “Shodiyona” savdo majmuasidan ayollar ko‘ylagini xarid qiladi. 815 000 so‘mga sotib olgan kiyimi uydagilariga yoqmaydi va uni qaytarib berishga qaror qiladilar. Ammo sotuvchi iste’molchining talabini rad etadi.

Murojaat yuzasidan jamiyat mutaxassislari o‘rganish olib borib, sotuvchiga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi talablari tushuntirildi. Qonun talablarini buzib, xato qilganini anglagan sotuvchi iste’molchiga pulini qaytarib berdi.