QONUNIY TUSHUNTIRISH SAMARASI

Denov tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Jahongir Allanazarov tuman markazidagi savdo do‘konidan “Samsung Galaxy J1” rusumli mobil telefon sotib oladi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay, tovarda nuqsonlar sezila boshlaydi. Iste’molchi esa o‘z vaqtida sotuvchini bundan boxabar qilib, nuqsonni bartaraf etish yoki telefonni boshqasiga almashtirib berishini so‘raydi. Sotuvchi esa rad javobini beradi.

Fuqaro Allanazarov mazkur masala yuzasidan Denov tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Murojaatni tuman jamiyati xodimlari o‘rganib, sotuvchiga qonuniy tushuntirish ishlari olib borildi va natijada 650 000 so‘mlik telefon yangisiga almashtirildi.