QORAQALPOQ YOSHLARI BILAN UCHRASHUV

“Rahbar va yoshlar” loyihasi doirasidagi navbatdagi uchrashuv Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov Qoraqalpog‘istonlik faol yoshlar, tizimda faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar, tayanch guruhlari rahbarlari, Yoshlar Ittifoki vakillari, yurtimizda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalarning Yoshlar qanoti a’zolari, shuningdek, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalarida bilim olayotgan o‘quvchi-talabalar bilan uchrashdi.

Uchrashuv rasmiy yig‘ilish tarzida emas balki ochiq mulokot, samimiy munozaralar tarzida tashkil etildi.

Unda so‘z olganlar bugungi kunda yurtimizda axolining iste’mol madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosati xususida fikr-muloxazalarini bildirdilar.

Federatsiya tizimida samarali faoliyat yuritayotgan bir guruh tashabbuskor yoshlar Federatsiya raisi J.Sarimsoqov tomonidan faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.