QUVASOYDA “OBOD XONADON – YURT KO`RKI” LOYIHASI

“Obod xonadon – yurt ko`rki” loyihasi doirasida O`zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov hamda Quvasoy shahar hokimi A.Ziyoviddinovlar ishtirokida uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuv davomida 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini joriy qilish, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish borasida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgan ishlar muhokama qilindi.