“REAL” QARZDORLIK “NOREAL” BO'LIB CHIQDI

Buxoro tuman iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig`inida istiqomat qiluvchi fuqaro Orif Bozorov gaz to’lovida hisoblangan noreal qarzdorlikdan norozi bo’lib murojaat qildi.

Tuman jamiyati xodimlari murojaat yuzasidan o`rganish olib bordi. Ma`lum bo`lishicha “G`arbgazta’minot” unitar korxonasi Buxoro tumangaz filiali tomonidan fuqaro O.Bozorovga nisbatan 4 112 163 so’m noreal qarzdorlik hisoblangan. Belgilangan qarzdorlik o`z vaqtida amalga oshirilmagani uchun tumangaz filiali iste`molchini sudga bergan. Sud korxona foydasiga qaror chiqargan.

Fuqaro O.Bozorovning murojaati bo`yicha tuman jamiyati sudga e’tiroz xati kiritdi va iste’molchiga yuklangan qarzdorlik asossiz ekanligi aniqlandi.

Iste`molchiga yuklatilgan 4 112 163 so`m noreal qarzdorlik va 411 216 so’m davlat boji bekor qilindi.