BITTA HARIDGA IKKI MARTA TOʻLOV?

Boysun tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro tuman IHHQ jamiyatiga ariza bilan murojaat qildi. Unda keltirilishcha, isteʼmolchi tuman markazidagi savdo doʻkonidan 35 000 soʻmga roʻmol harid qiladi. Toʻlovni plastik kartochka orqali amalga oshirgan haridor chekni olib, doʻkonni tark etadi. Uyga borib, kartochkadagi pullarni tershirib koʻrib, doʻkon sohibi harid uchun plastik kartochkadan ikki marotaba pul yechib olganligini aniqlayda va zudlik bilan ortga qaytadi. Vaziyatni tushuntirishiga qaramay, sotuvchi pulni qaytarishdan bosh tortadi. Fuqaroning ana shu vaji jamiyat mutaxassislari tomonidan oʻrganilib, oʻz isbotini topdi va sotuvchiga bu hatti-xarakati noqonuniy ekanligi tushuntirildi. Ortiqcha toʻlov esa, oʻz egasiga qaytarildi.