Federatsiya haqida

O‘zbekiston Respublikasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish harakati 1996 yil 26 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganidan so‘ng boshlandi.

1997 yilda O‘zbekiston aholisini sifatsiz mahsulot va xizmatlardan himoya qilishga o‘z ulushini qo‘shish va o‘z imkoniyatlarini birlashtirishga qaror qilgan bir qator xamfikrlar tashabbusi bilan poytaxtimizning Shayxontoxur tumanida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakati O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati shaklida tashkil topdi va 1999 yili respublika iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Bu vaqtda respublikamizning 7 ta viloyatida hududiy jamiyatlar tashkil topdi.

2000 yil O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish amiyatining navbatdan tashqari II syezdida jamiyatga O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi nomi berildi. Bu vaqtda 9 ta viloyat va Toshkent shahrida jamiyatlar tashkil etilgandi.

2000 yilning iyun oyida Respublikaning 11 viloyatida faoliyat yuritayotgan Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari yagona Federatsiya tarkibiga birlashdilar.

2002 yil noyabrda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi qoshida “Loyihalash, ekspertiza va baholash” shu’ba korxonasi tashkil etildi.

Faol iste’molchilarning sa’y-harakatlari tufayli ushbu jamoat tashkilotiga davlattarafidan alohida e’tibor berilib, qo‘llab-quvvatlash maqsadida, O‘zbekiston RespublikasiVazirlar Mahkamasi tomonidan 2002 yil 28 noyabrdan “Iste’molchilar huquqlarini himoyaqilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 414-qarorining qabul qilinishi mazkur ijtimoiy harakat taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi.

Shu bilan birga, mazkur qaror bilan Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishjamiyatlarining tashkiliy tuzilmasi, hamda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishjamiyatlari federatsiyasi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi ma’qullandi.

2003 yil 17 yanvardagi Federatsiyaning III ta’sis konferensiyasi Qoraqalpog‘istonRespublikasi Federatsiyasi, Toshkent shahri hamda respublikaning 12 viloyatidagi hududiybirlashmalarni birlashtirdi.

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi 2004 yildekabrdan Iste’molchilar jamiyatlarining xalqaro konfederatsiyasi a’zosi hisoblanadi.

 

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi va uning hududiy birlashmalari va tuman jamiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrdagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 414-sonli qarori hamda 2010 yil 30 sentyabrda Adliya vazirligida 447-son bilan ro‘yxatga olingan Federatsiyaning yangi taxrirdagi Ustavi asosida faoliyat yuritadi. Hozirgi kunga kelib, Federatsiya tizimida 14 ta hududiy birlashmalar, 193 ta tuman (shahar) jamiyatlari faoliyat yuritmoqda.

Uning asosiy vazifalari:

  • aholi o‘rtasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlarini keng targ‘ib qilish;
  • iste’molchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
  • ichki bozorda sotilayotgan iste’mol tovarlarining zarur sifatini va xavfsizligini, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining boshqa talablarini ta’minlash monitoringlarini o‘tkazish;
  • aholining iste’mol madaniyatini oshirishga doir ma’rifiy ishlarni olib borish;
  • iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratishda davlat boshqaruvi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nazorat qiluvchi organlar bilan birgalikda ish olib borish va o‘zaro hamkorlik qilish.
  • Ichki bozorda sotiladigan iste’mol tovarlarining zarur sifatda bo‘lishini va xavfsizligini hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining boshqa talablarini ta’minlash yuzasidan monitoring olib borish iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organlari bilan birgalikda tasdiqlangan O‘zbekiston iste’molchilari huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi rejalari asosida amalga oshiriladi.