1091 GA QILINGAN MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan amaliy sa’y-harakatlar tufayli yurtdoshlarimizda tashkilotga nisbatan ishonch hissi ortmoqda. Bunga federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali kelib tushayotgan murojaatlar ham yaqqol misol bo‘la oladi. Demak, xalqimiz bizga ishonadi va ularga ko‘mak bera olishimizga umid bilan murojaat qilishmoqda. Ana shunday murojaatlarning yana biri Jarqo‘rg‘on tumanidagi Yangiobod mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro A. Xolboyevdan kelib tushdi. Unda keltirilishicha, fuqaro o‘zi istiqomat qilayotgan tumandagi “Osiyo” savdo markazidan suv nasosi sotib oladi. Biroq, bir necha kun o‘tib, uskunada nosozliklar paydo bo‘lgach, uni zudlik bilan do‘konga qaytarib, sotuvchini boxabar qiladi. Biroq, e’tirozi sotuvchi tomonidan rad etilgach, o‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston IHHQJ federatsiyasining 1091 raqamli ishonch telefoniga murojaat qiladi. Ariza xududlar kesimi doirasida Surxondaryo viloyat IHHQj hududiy birlashmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi va iste’molchining haq ekanligi o‘z isbotini topdi. Natijada nosoz suv nasosi yangisiga almashtirib berildi.