5.538.442 SOʻM ICHIMLIK SUVIDAN YUKLATILGAN QARZDORLIK ISTEʼMOLCHI FOYDASIGA XAL QILINDI.

Urganch tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Urganch tuman Gʻoybu qishlogʻida yashovchi fuqaro M.Madraximova xonadoniga ichimilik suvidan asossiz 5.538.442 soʻm noreal qarzdorlik yuklatiganini murojaatida bildirgan. Ushbu murojaat Urganch tuman jamiyati tomonidan oʻrganilib, sudga daʼvo arizasi kiritildi va sudda isteʼmolchi huquqlari himoya qilinib,ichimlik suvidan noreal yuklatilgan qarzdorlik bekor qilindi.