5 oydan oldin amalga oshirilgan to‘lov hisob raqamiga tushmaganligi natijasida …

Xo‘jayli tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Amudayo OFY “Amudaryo markazi” ko‘chasi 47 xonadonda istiqomat qiluvchi B.Turamurotova murojaat qildi. Unga ko‘ra iste’molchi Xo‘jayli dehqon bozori hududida joylashgan “Paynet” shahobchasi orqali elektr energiyasi uchun to‘lovni amalga oshirgan. Ammo fuqaro B.Turamurotovaning xonadoniga 2018 yil 28 iyul kuni qarzdorlik to‘g‘risida xat keladi.
Murojaat jamiyat xodimlari tomnidan o‘rganib chiqilib, natijada joriy yil 19 mart kuni amalga oshirilgan to‘lov elektr tarmoqlari korxonasining kompyuter bazasiga kiritilmagani ma’lum bo‘ldi. Natijada shahobcha boshlig‘i tomonidan iste’molchining hisob raqamiga 457 200 so‘m o‘tkazib berildi.