QALBAKI TARZDA TAQDIM ETILGAN KVITANSIYA

Romitan tuman Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning Tarnaut mahalla fuqarolar yigʻiniga qarashli Arablar qishlogʻida istiqomad qiluvchi fuqaro Amrillo Hakimov ariza bilan murojaat qildi. Istemolchi foydalanilgan Elektr energiyasi sarfi uchun elektr toʻlovlarini oʻz vaqtida amalga oshirib borishiga qaramasdan, Romitan tuman Elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan xonadonga nisbatan 100 000 soʻm asossiz noreal qarzdorlik chiqarilganligi toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qildi.

Isteʼmolchining mazkur arizasi jamiyat mutaxassislari hamda Romitan tuman elektr tarmoklari korxonasi xodimlari bilan birgalikda oʻrganildi. Qayta koʻrib chiqilgan hisob kitoblar natijasida Amrillo Hakimovning 100 000 soʻm toʻlovining oʻrniga 10 000 soʻmlik kvitansiya yozib berilganligi aniqlandi va qolgan 90 000 soʻmlik toʻlov kvitansiyasi Amrillo Hakimovning elektr hisob raqamiga oʻtkazib berildi Isteʼmolchiga yuklatilgan qarzdorliklar asossiz deb topildi.