FUQAROGA HISOBLANGAN QARZ BEKOR QILINDI

Buxoro tuman «Rabotiqalmoq» mahalla fuqarolar yig`ini, Dexoji qishlog`ida yashovchi fuqaro Sh.Ochilova xonadoniga tumangaz filiali tomonidan 2 340 657 so`m qarz hisoblangani hamda 117 033 so`m davlat boji undirish to`g`risida sud hukmi chiqarilganidan norozi bo`lib Buxoro tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.

Ushbu holat yuzasidan jamiyat tomonidan iste’molchining manfaatini ko`zlab, unga nisbatan hisoblangan noreal qarz va davlat bojini bekor qilish to`g`risida Fuqarolik ishlari bo`yicha Buxoro tumanlararo sudiga e’tiroz kiritildi va Sud hukmini bekor qilish haqida ajrim chiqarildi.