Norway

ФЕДЕРАЦИЯ ОБЩИН ПОТРЕБИТЕЛЬСКИХ ПРАВ УЗБЕКИСТАНА ИШОНЧ НОМЕР 1091


Сайт временно работает в тестовом режиме

Virtual qabulxonasi
Bosh Sahifa Барча янгликлар

Oʻqituvchining muammosi yechim topdi


Fozzpuz: Янгиликлар

Buxoro viloyati Peshku tumanidagi 3-oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchisi Mehriddin Qosimov muammoli vaziyatga duch keldi. Bu haqda Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati birlashmasi matbuot-axborot va jamoatchilik bilan ishlash sektori maʼlum qildi. Yaxshi orzu niyatlar bilan uyining tom qismiga shifer yotqizish maqsadida Peshku tuman Bogʻimuso MFY Doʻrmon qishlogʻida yashovchi 3-oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchisi Qosimov Mehriddin Vobkent tumanidagi Yakka tartibdagi tadbirkor I. Jumayevdan 200 dona xar birining narxi 34500 soʻmdan jami 6 900 000 soʻmga shifer mahsulotini sotib oladi va oradan bir oz vaqt oʻtib shiferlarning bir qismi oʻz-oʻzidan yorilib, yaroqsiz holga kelgan. Bu holat boʻyicha sotuvchiga murojaat qilgan xaridor yaʼni isteʼmolchi joʻyali javob olmagan va amalda na toʻlov puli qaytarilgan na sifatli shefirga almashtirib berilgan. Oxir oqibat Vobkent tuman IXXKJga shikoyat arizasi bilan murojaat qilib,yordam berishlarini soʻragan. Holatni har tomonlama kuzatgan jamiyat xodimlari tomonidan fuqaroning xonadoniga borib vaziyat oʻrganilganda haqiqatdan 58 dona shifer yorilib, yaroqsiz holga kelgani aniqlandi. Tadbirkor I.Jumayev tomonidan 60 dona yaroqsiz shifer mahsuloti yangisiga almashtirilib, usta xarajatlari uchun 600 000 soʻm naqd pul undirib berildi. Jami 2 700 000 soʻmlik xarajat qoplab berildi.

«Genesys» компанияси «Қишки чегирмалар» акцияси
«Hamkorbank»дан янгилик – Visa Virtual картаси!
Golden House компанияси HYATT меҳмонхонасида Mirabad Avenue резиденцияси тақдимотини ўтказди
TECHNOSHOP – электрон маиший техникаларнинг барчаси бир жойда!