ISTE’MOLCHI QARZDOR EMAS EKAN

Samarqand shahri “Do‘stlik” mahallasida yashovchi Shaxram Abbosov shahar gaz ta’minoti idorasi tomonidan qo‘yilgan 4 700 000 (to‘rt million yetti yuz ming) so‘m miqdoridagi qarzdorlikdan norozi bo‘lib, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 raqamli ishonch telefonigaga qo‘ng‘iroq qildi. Murojaat Samarqand shahar jamiyati mas’ul xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi MIB xodimi va iste’molchi tomonidan o‘rganilish jarayonida, murojaatchining gaz ta’minoti idorasidan qarzi yo‘qligi, aksincha 3 311 433(uch million uch yuz o‘n bir ming to‘rt yuz o‘ttiz uch so‘m) oldindan to‘lovi borligi aniqlandi. Fuqaro taqdim etgan hujjatlarga asosan, xatlov natijalariga ko‘ra, 8 011 433 (sakkiz million o‘n bir ming to‘rt yuz o‘ttiz uch) so‘m iste’molchi foydasiga hisoblandi.