MAHALLAGA HAR KUNI SUV KELADIGAN BO`LDI!

Joriy yilning 7 may kuni O`zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining «1091» qisqa raqamli ishonch telefoniga Asaka tuman «Chek» mahallasida iste’qomat qiluvchi fuqaro Obidjon Madaminov mahalla ichimlik suvi bilan ta’minlab berilmayotganidan norozi bo`lib murojaat qildi.

Murojaat hududiyligi bo`yicha Asaka tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan organib chiqildi. Tegishli asosda mazkur masalaga masul bo`lgantashkilot vakillariga tushuntirish ishlari olib borildi va natijada «Chek» mahallasiga grafik asosida har kuni 13:00 dan 18:00 ga qadar ichimlik suvi bilan yetkazib beriladigan bo`ldi.