“Matiz” egasiga yetkazildi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “Ishonch telefoni”ga Toshkent shahrining Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi Z.Xudoynazarovdan Yunusobod tumanidagi “Humo” MCHJning avtosalonidan to‘lov qilgan “Matiz” avtomashinasini o‘z vaqtida ololmayotganidan norozi bo‘lib murojaat qilgan.

Ushbu murojaat Yunusobod tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganildi. O‘rganishda “Humo” MCHJning avtosaloni rahbariyatiga qonun doirasida tushuntirish berildi. Buning natijasida iste’molchiga “Matiz” avtomobili yetkazib berilishiga erishildi.