OBOD XONADON LOYIHASI SURXONDARYODA!

O`zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan qishloq joylarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini izchil davom ettirilishiga ko`maklashish hamda qishloq aholisi uchun munosib turmush sharoitini yaratish maqsadida «Obod xonadon — yurt ko`rki» loyihasi ishlab chiqildi.

Ana shu hayrli loyihaning Surxondaryo viloyatdagi ijrosini ta’minlashda Termiz tumani Termiz mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Tohir aka Qobilovning xonadoni tanlangan edi. Ko`p o`tmay xonadonda qurilish ishlari boshlab yuborildi.

Uyning tom qismi almashtirildi, barcha devorlar to`liq suvoqdan chiqarilib, ichkaridagi shift va pol qismlari ham chiroyli ko`rinishga keltirildi. Eshik va

romlarning yangisi o`rnatildi. Hovli etagida yangitdan hojatxona va hammom barpo etilib, uy atrofidagi devorlarga bo`yoqlar bilan ishlov berildi. Kirish eshigi ham yangilandi. Bir oy oldin bu yerga kelgan kishi, ehtimol bu o`zgarishlardan keyin uyni tanimas. Axir bugunga kelib, uy zamonaviy qiyofa kasb etdi.

Uyning tantanali ochilish marosimida O`zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov va hududiy birlashma vakillari, viloyat hamda Termiz tuman hokimligi mas’ullari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.