OBOD XONADON – YURT KO‘RKI

O‘ZBЕKISTON ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH JAMIYATLARI FЕDЕRATSIYASI TOMONIDAN YANGI LOYIHA: “OBOD XONADON – YURT KO‘RKI”

Endilikda mazkur loyiha doirasida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mablag‘lari hisobidan, respublikamizning har bir viloyatidan 1 tadan (2018 yilda) ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xonadoni beg‘araz to‘liq kapital ta’mirlanadi. Har birimizning xayotimiz, taqdirimiz, yashash tarzimiz, oilalarimizdagi ma’naviy muhit va farzandlar tarbiyasini mahalladan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi.

Qishloq va ovullar, mahallarni obodonlashtirish, hududlarda bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish yurtimizning tarixiy va bebaho an’analaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan qishloq joylarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini izchil davom ettirilishiga ko‘maklashish hamda qishloq aholisi uchun munosib turmush sharoitini yaratish maqsadida “Obod xonadon – yurt taraqqiyoti” loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha doirasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani “Abad makan” mahallasida istiqomat qiluvchi, boquvchisini yo‘qotgan Perixan Xalmuratova, Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani, “Qorag‘uppa” qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 2-guruh nogironi Dilshod Quvonov, Xorazm viloyati, Xonqa tumani “Madir” qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Shahlo Sobirova, Namangan viloyati, Norin tumani, “Furqat” mahallasida istiqomat qiluvchi Hanifa Rahimova, Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani, “Ulamji” qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 2-guruh nogironi Nortoji Saidov, Surxondaryo viloyati, Termiz tumani, “Termiz” mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj Toxir Qobilov, Buxoro viloyati, Romiton tumani, Xasanobod qishlog‘ida istimomat qiluvchi ikkinchi guruh nogironi Umid Toxirov, Andijon viloyati, Asaka tumani, “Nurafshon” mahallasida istiqomat qiluvchi, boquvchisini yo‘qotgan Nargiza Abduqodirova, Farg‘ona viloyati,

Quvasoy shahar, Farg‘ona yo‘li ko‘chasida istiqomat qiluvchi 2-guruh nogironi Berdiqul Aliqulov, Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, “Markaziy qo‘rg‘on” mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj Boytursin Sayfullayev, Navoiy viloyati, Karmana tumani, “Toshrabot” mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj Abduvahob Xoshimov, Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani, “Navro‘z” mahallasida istiqomat qiluvchi yakka-yolg‘iz Ganda Qambarova xonadonlarini to‘liq ta’mirlash, obodonlashtirish, shuningdek, ularning uy joyga doir huquqlarini amalga oshirish, mazkur xonadonlarda istiqomat qiluvchi aholini ijtimoiy qo‘llab quvvatlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanishi, shuningdek fuqarolarga tegishli bo‘lgan turar joylarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ko‘maklashish loyihaning asosiy maqsadi qilib belgilangan. Bir so‘z bilan aytganda, qishloqlarda amalga oshirilayotgan bu kabi xayrli ishlar yurt istiqboli, el manfaatiga xizmat qiladi.