«OBOD XONADON — YURT KO`RKI»

O`zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Buxoro viloyat birlashmasi va Romitan tuman jamiyati xodimlari tashabbusi bilan «Obod xonadon — yurt ko`rki» loyihasi bo`yicha ilk qadam tashlandi. Romitan tuman «Chandir» mahalla fuqarolar yig`ini Hasanobod qishlog`ida yashovchi fuqaro Umid Tohirovning uyida loyiha bo`yicha qurilish-ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi.