O`ZARO HAMKORLIK SAMARALARI

Surxondaryo viloyati hokimi E.Turdimov hamda O`zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov Surxondaryo viloyatida federatsiya tomonidan o`tkazilayotgan «Obod xonadon — yurt ko`rki» loyihasi hamda «Ijtimoiy ko`mak» aksiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida ushbu yo`nalishlarda qilinishi zarur bo`lgan rejalar xususida, shuningdek, aholining muammolarini o`rganish va ularni tizimli hal etishning samarali mexanizmlarini hayotga tadbiq etish, davlat va nodavlat tashkilotlar o`rtasida o`zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish borasida fikr almashishdi.

Viloyat hokimi E.Turdimov aholining iste’mol madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni, fuqarolarning farovon hayot kechirishi, ularning bugunidan rozi bo`lib, ertangi kunga bo`lgan ishonchining ortishi uchun federatsiya tomonidan amalga oshirilayotgan tashabbuslarni doimo qo`llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.