«O`ZBEKISTON 24» TELEKANALIDA «ISTE`MOL MADANIYATI» LOYIHASI

O`zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tashabbusi bilan «O`zbekiston 24» telekanalida «Iste’mol madaniyati» loyihasi tashkil etildi. Bugun, 2018 yil 11 may kuni loyihaning ilk ko`rsatuvi efirga uzatildi. Ko`rsatuv ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilinayotgan va sotilayotgan ozdiruvchi dorilarning zarari haqida bo`ldi va ko`plab soxa mutaxassislari tomonidan mavzuga oid fikrlar bildirildi. Loyiha davom etadi va kelgusida ham iste’molchilar uchun foydali bo`lgan mavzular yoritilib boradi.