“O‘ZBEKISTON 24” TELEKANALIDA ISTE’MOLCHI HUQUQLARI

“O‘zbekiston 24” telekanali “24 studiya” ko‘rsatuvining navbatdagi soni O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning faoliyatiga bag‘ishlandi. Mazkur ko‘rsatuvda federatsiya xodimi tomonidan mamlakatimizda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilayotgan e’tibor, sohaga oid me’yoriy hujjatlar, ularning ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Xususan, ko‘rsatuv davomida federatsiya tomonidan 2018 yilda iste’molchilar bilan ishlash borasida innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir qator takliflar berilganligi, hamkor tashkilotlar hamda xalqaro miqyosda xorijiy mamlakatlar bilan olib borilayotgan ishlarga ham to‘xtalib o‘tildi.  Shuningdek, xalq bilan muloqot va uning samarasi, tashkilotga iste’molchilardan tushayotgan murojaatlar hamda ularning ijobiy yechimi haqida ham ma’lumotlar berildi.