SIFATSIZ ESHIK PULI QAYTARILDI

Beruniy tuman Shabboz OFYda yashovchi fuqaro Aytbayeva Gulara Beruniy tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Beruniy ko‘chasi bo‘yida joylashgan ustaga darvoza (temir eshik) ishlatgani, ammo u sifatsiz ekanligi yuzazidan murojaat qildi.
Ariza jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi hamda ustaga tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada iste’molchining davroza uchun sarflangan jami 1 595 000 so‘mi qaytarib berildi.