QIMMATGA TUSHGAN XATO

Ellikqal’a tumani “Qirqqiz” OFYda yashovchi fuqaro B.R. Ellikqal’a tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma ravishda murojaat qildi. Murojaatda bayon etilishicha fuqaro B.R. 2018 yil 7 mart kuni shaxsiy telefonini tuman dexqon bozori hududida joylashgan telefon tuzatish ustaxonasiga olib borib, telefon ekranidagi changni tozalash kerakligini aytadi. Telefon ustasi esa telefonni tozalash jarayonida sensoriga shikast yetkazib qo‘yadi. Natijada telefon yaroqsiz holga keladi. Shundan keyin telefon ustasi o‘z xatosini tushunib murojaatchiga telefonini Navro‘z bayramidan keyin tuzatib berishga imkoniyati mavjudligi, ungacha telefon sensoriga buyurtma berishi kerakligini aytib iste’molchi bilan o‘zaro kelishadi. 2018 yil 23 mart kuni murojaat egasi B.R. kelishuvga binoan telefonini ustaga olib keladi lekin usta turli xil bahonalar qilib, telefonni tuzatib bermaydi. Iste’molchi B.R. kutishga boshqa vaqti yo‘q ekanini, telefon unga judayam zarurligini aytadi. Usta esa “Ozgina sabr qiling” degan so‘z bilan kifoyalanadi.Mazkur murojaat tuman iste’molchilar xuquqlarini ximoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan tegishli tartibda o‘rganib chiqildi. Natijada xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan haqiqattan iste’molchiga zarar yetkazilgani aniqlanib, ustaga iste’molchi huquqlari yuzasidan tushunchalar berildi. Usta fuqaroning telefoniga yetkazgan zararini qoplash uchun 200 000 so‘m to‘lab berdi.