SOTUVCHI NOSOZ MAHSULOTNI ALMASHTIRIB BЕRMADI

Paxtaobod tumani, “Ma’rifat” mahalla fuqarolar yig‘ini, Maybog‘cha ko‘chasida yashovchi fuqaro A.To‘rayev Andijon shahridagi “Jahon bozori”dagi do‘konlarning biridan 1 030 000 so‘mga “Yasin” rusumli televizor sotib olgan. Televizorni uyiga olib borib ishlatganida yaxshi ishlamagan. Shundan so‘ng nosoz mahsulotni do‘konga qaytarib olib borgan, lekin sotuvchilar televizorni boshqasiga almashtirib bermagan. Iste’molchi A.To‘rayev ushbu masalada yordam so‘rab murojaat qildi. Murojaatni Andijon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari o‘rgandi va sifatsiz “Yasin” rusumli televizorni sifatlisiga almashtirib berildi.