SUV TARMOG‘I O‘TKAZILMAGAN XONADONGA SUVDAN QARZ YOZIB KЕTISHDI…

To‘rtko‘l tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga To‘rtko‘l shahri, “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘ini, “Javlon” ko‘chasida yashovchi fuqaro Darmon Qazaqova ichimlik suvidan qarzdorlik yozilganidan norozi bo‘lib murojaat qildi.

Murojaat tuman jamiyati mas’ullari tomonidan o‘rganib chiqildi va iste’molchining yashab turgan hududiga ichimlik suv tarmog‘i o‘tkazilmaganligi, iste’molchining ichimlik suvidan hech qanday qarzdorligi mavjud emasligi aniqlandi.