Televizor bepul ta’mirlab berildi

Koraqolpog‘iston Respublikasi Istemolchilar xuquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining “ishonch telefoni”ga Ko‘ng‘irot tumani Avtokassa yonida joylashgan SAMSUNG do‘konidan Kanlыko‘l tumani Arzimbetkum OFYda istiqomat qiluvchi S.Sadikov “LG” rusumli televizor sotib olganligi, ammo u 6 oy bo‘lmasdan turib buzilganligini, maxsulot egasi ta’mirlashdan bosh tortayatganligidan norozi bulib murojat kiladi.
Iste’molchi nosoz televizorini ko‘tarib hali do‘konga, hali maishiy servis xizmat ko‘rsatuvchi korxonaga qatnayverib ovora-yu sarson bo‘ldi. Ammo, uning e’tirozini tinglab, yaqindan ko‘mak beradigan kishi topilmadi. Usiga ustak tovar uchun berilgan kafolat muddati talonini ko‘rsatib, televizorni ta’mirlab berishlarini so‘raganida, unga qo‘shimcha mablag‘ to‘lashi lozimligini aytib o‘tishdi.
Bunday noqulay ahvolga tushib qolgan iste’molchi Ko‘ng‘irot tumani Iste’molchilar huquqini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘zining huquqiy manfaatlarini tiklab oldi va televizor bepul ta’mirlanishiga erishildi.