Sifatsiz tovarning puli qaytarildi !

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatilari Federatsiyasi Buxoro viloyat hududiy birlashmasi “Ishonch teyefoni”ga 2018 yil 30 iyunda Buxoro shaxar Mustaqillik koʻchasi,56/2-uy 33 xonada yashovchi fuqaro Ergashev Shuxrat ishonch telefoni orqali murojaat qilib,savdo jarayonida isteʼmolchi sifatida buzilayotgan huquqlarini himoya qilishda yordam berishni soʻragan.

Isteʼmolchi Buxoro shahar Q.Murtazoyev koʻchasida joylashgan “Andijon Qobil” savdo doʻkonidan 5.750000 soʻmga 2018 yil 17 iyul Stabilizator sotib olgan.Stabilizator ishlamaganligi sababli savdo xodimiga ushbu xolatni tushuntirganida xech qanday natija boʻlmagan. Isteʼmolchi sifatida haq-huquqini tiklab berishni soʻrab qilgan murojaatidan keyin Buxoro shahar jamiyat xodimlari tomonidan ushbu arizani oʻrganish boʻyicha tuzilgan mahsus guruh haqiqatdan ham “Andijon Qobil” savdo doʻkoni xodimi tomonidan isteʼmolchiga sifatsiz tovar sotgani aniqlandi.
Arizani oʻrganish jarayonida isteʼmolchiga 5.750000 soʻm puli olib berildi hamda isteʼmolchining muammosi ijobiy hal etildi. Savdo doʻkoni xodimiga bundan keyin bunday xolatlarni qaytarmasligi toʻgʻrisida ogohlantirildi.