YANGI “RED MI S2” TЕLЕFON APPARATIGA ALMASHTIRIB BЕRILDI.

Xorazm viloyat Urganch tuman “Chakkasholikor” qishlog‘i “Oq-ariklar” mahallasida yashovchi fuqaro A.Abdullayev tomonidan Federatsiyada tashkil qilingan “1091 qisqa raqamli ishonch telefoni”ga “Urganch shahar Al-Xorazmiy ko‘chasida joylashgan Samsung do‘konidan sotib olgan Red-Mi S2 telefon apparati sifatsiz chiqqanligidan” norozi bo‘lib qilgan murojaati Urganch shahar jamiyati tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘tkazilgan o‘rganish jarayonida, iste’molchi murojaatidagi holatlar haqiqatligi aniqlanib sifatsiz telefon apparati yangi Red-Mi S2 telefon apparatiga almashtirib berildi ijobiy xal qilindi.