ISTE’MOLCHILAR HUQUQINI HIMOYA QILISH JAMIYATI TOMONIDAN FUQARONING HUQUQI SUDDA HIMOYA QILINDI

Navoiy shahar iste’molchilar huqularini himoya qilish jamiyatiga 16 aprel 2018 yilda Navoiy viloyati Navbahor tumani “Arabxona” qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi Husniddin Qurbonov ariza bilan murojaat qilib YATT Hayitov O‘tkirdan Navoiy shahrida faoliyat yuritayotgan “MUNJAL SHIFER” ma’suliyati cheklangan jamiyati ishlab chiqargan shifer mahsulotidan YATT “Hayitov O‘tkir Umarovich” dan 230 donasini 9 200 000 so‘mga sotib olganligi, shifer mahsulotlaridan foydalanilgandan so‘ng yaroqsiz holga kelib yorilib tushayotganligi bu borada sotuvchi va ishlab chiqaruvchilarga murojaat qilganligi, ammo muammasi bartaraf etilmaganligini bildirgan.
Murojaat asosida jamiyat tomnidan o‘rganish ishlari olib borildi va barcha zarur bo‘lgan ishlar amalga oshirilib iste’molchini huquqlarini tiklash unga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undirishni so‘rab Navbahor tumanlararo fuqarolik sudiga da’vo arizasi kiritildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudi tomonidan da’vo arizasi ko‘rib chiqildi va iste’molchi Qurbonov Husniddinga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni undirish yuzasidan jamiyat tomonidan kiritilgan da’vo arizasi rad etildi.
Shahar jamiyati tomonidan to‘plangan hujjatlar bilan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudiga apellyatsiya tartibda ko‘rib chiqishni so‘rab murojaat qilindi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudi taqdim etilgan hujjatlar asosida ish ko‘rib chiqish jarayonida mavjud holatlarga aniqlik kiritish maqsadida ishga tegishli malakali soha vakillarini jalb etib muammoga aniqlik kiritishga zarur bo‘lgan ko‘rsatmalarni berdi.
Jamiyat va soha vakillari ishtirokida shifer mahsulotining sifati labaratoriyadan o‘tkazildi, sarflangan xarajatlarga aniqliklar kiritildi.
2018 yil 7 avgust kuni bo‘lib o‘tgan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudida iste’molchi Qurbonov Husniddin Sharofqulovichga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlar qo‘shimcha ravishda soha mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar bilan birga ko‘rib chiqildi va moddiy zarar 10 085 000 (O‘n million sakson besh ming)so‘m, ma’naviy zarar 500 000 (Besh yuz ming) so‘m hamda Navoiy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan qilingan 461 000 (To‘rt yuz oltmish bir ming) so‘m miqdordagi xarajatlar to‘lig‘incha undirib berish yuzasidan sud qarori qabul qilindi.