SHARTNOMA BUZILDI!

Bulung`ur tumanining “Kildon” mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi fuqaro O.Rashidov “Agrobank” aksionerlik tijorat bankidan chorva moli olish uchun 7 000 000 so`mlik kreditni o`z nomiga rasmiylashtirib, “Fahri jahon” fermer xo`jaligi hisob raqamiga o`tkazadi. Ushbu mablag` evaziga fermer xo`jaligi unga qoramol

berishi lozim edi. Ammo xo`jalik  shartnoma shartlarini bajarishni orqaga surib, iste’molchiga chorva mollarini yetkazishni paysalga solib yuravergan. Bu sarsongarchiliklardan charchagan fuqaro O.Rashidov Bulung`ur tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga shikoyat arizasi bilan murojaat qildi. Murojaat tuman jamiyati mas’ullari tomonidan qonun doirasida o`rganib chiqildi. Natijada iste’molchiga qoramol uchun to`langan mablag`i qaytarib berildi.