SIFATSIZ 80 QOP SЕMЕNT

Har bir kishi kundalik ehtiyojlaridan kelib-chiqib, biror narsa yoki buyum xarid qilar ekan, avvalo uni sifatli bo‘lishini hohlaydi. Aks holda…

Joriy yilning 10 aprel kuni Qiziriq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro Parda Amirov ariza bilan murojaat qildi. Fuqaroning arizasiga tuman qurilish mollari do‘konidan xarid qilgan 80 qop sement mahsulotining sifatsiz chiqqanligi sabab bo‘ldi. Murojaat jamiyat xodimlari tomonidan o‘rganilib, fuqaroning haq ekanligi oydinlashdi. Sotuvchiga mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning tegishli moddalari bo‘yicha tushuntirishlar berilgandan so‘ng, iste’molchiga 80 qop sementning puli qaytarib berildi.